Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






GM Uzbekistan xaridorlarni ogohlantirdi
11.05.2019 14:53,  
46

Ko‘pgina ogohlantirishlarga qaramay, bugungi kunda fuqarolarga yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan firibgarlik holatlari hali hamon uchrab turibdi, deya xabar beradi GM Uzbekistan.

Bildirilishicha, ular turli lizing va kredit tashkilotlari ko‘rinishida xaridorlarga avtomobil taklif qilib, mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan ularning faoliyatlariga chek qo‘yilayotganiga qaramay bu kabi hodisalar davom etmoqda.

GM Uzbekistan AJ yangi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlardan ogoh bo‘lishni hamda faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishni so‘radi.

Kompaniya rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya rasmiy saytining ushbu havolasida tanishish mumkin.

Bu kabi qonunga xilof holatlarning guvohi bo‘lsangiz darhol kompaniyaning 78 141 77 77 “Ishonch telefonlariga” murojaat qilishingiz so‘raladi, deya yakunlangan xabar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан