Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan dilerlik kelishuvini bekor qiladi
9.11.2018 22:23,  
4

«O‘zavtosanoat» AJ monitoringi davomida aniqlangan qonunbuzarliklar sabab GM Uzbekistan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganligini ma’lum qiladi. Bu haqda «O‘zavtosanoat"ning feysbukdagi sahifasi orqali xabar qilindi.

Kompaniya faoliyatida kamchililarga yo‘l qo‘yayotgan dilerlik markazlari faoliyatini aniqlashda davom etadi.

Avtosalon faoliyati, shuningdek avtomobillar saqlanayotgan omborxonalarda aniqlangan qoidabuzarliklar kelishuv bekor qilinishiga olib keldi:

— 2018 yilning yanvar oyidan hozirgi davrga qadar GM Uzbekistan kompaniyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MChJ dilerlik korxonasi faoliyatiga doir 420 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 117 ta murojaat dilerlik korxonasining mijozlarga nisbatan qo‘pol va haqoratomuz harakatlari va/yoki harakatsizligi bilan bog‘liq. Shuningdek 10 ta murojaatda mijozlar tomonidan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MChJ xodimining korrupsion harakatlariga oid dalillar keltirilgan.

— Avtomobillar sotishni hisobga olishga doir hujjatlar o‘rganilganda dilerlik korxonasi va mijoz o‘rtasida imzolanmagan shartnomalar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek shartnomalar va boshqa hujjatlar o‘rganilganda mijozlarning imzolari haqqoniy emas deb gumon qilindi. Ushbu hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash maqsadida ekspertiza uchun tegishli idoralarga taqdim etiladi.

— avtomobili hali berilmagan 487 ta shartnomalar o‘rganilganda mijozlar imzosi bo‘lmagan 47 ta shartnoma borligi aniqlandi.

— Dilerda mavjud avtomobillar hisob-kitob qilinganda omborda ortiqcha saqlanayotgan avtomobillar mavjudligi aniqlandi.

— avtomobilini kutayotgan ayrim xaridorlarga qo‘ng‘iroq qilinganda ularga avtomobillari salonga yetkazilganligi haqida ogohlantirilmaganliklari aniqlandi. Bundan tashqari, ayrim xaridorlar 2018 yilning 10 sentyabridan 6 noyabriga qadar GM Uzbekistan aksiyasi doirasida «Spark» avtomobilini xarid qilgan xaridorlarga velosipedlar olish uchun vaucher berilmaganligi aniqlandi.

— Avtosalonda call-markaz va qo‘ng‘iroq qabul qilish uchun mas’ul xodim bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, agar sizdan dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qilish uchun qo‘shimcha pul talab qilishsa, darhol 78 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan koll-markaziga yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10−07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан