Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Google Chrome brauzeri va reklama biznesining bir qismidan ajralishi mumkin
13.10.2020 13:20,  
91

Dunyoning eng yetakchi internet-brauzeri (barcha tashriflarning 70% i) Chrome Google korporatsiyasidan ajratilib, sotuvga qo‘yilishi mumkin, deb yozmoqda The Bell Politico nashriga tayanib.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi va prokuraturasi Google’ga qarshi antimonopol tekshiruvi o‘tkazmoqda. Uning natijasi esa Chrome brauzerining, eng asosiysi esa kompaniya reklama biznesi bir qismining ham sotilishi bilan tugashi mumkin. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, bo‘linish Qo‘shma Shtatlarda o‘n yilliklar ichida birinchi bo‘lib sodir bo‘ladi.

"Google’ning 160 milliard dollardan ziyod global raqamli reklama bozori ustidan nazoratini qanday qilib kuchsizlantirish kerakligi muhokama qilinmoqda va yakuniy qarorlar yo‘q, - deb yozadi manba. - Ammo prokuratura bu masalani reklama bo‘yicha mutaxassislar, raqobatchilar va ommaviy axborot vositalari bilan muhokama qildi".

Monopoliyaga qarshi idoralarning maqsadi 2007 yilda Google tomonidan sotib olingan DoubleClick reklama xizmatini ajratishi mumkinligi ham istisno qilinmayapti.

Oktyabr oyining oxiriga kelib, Adliya vazirligi Google’ga qarshi qidiruv natijalari ustidan nazorat, shu jumladan Android mobil operatsion tizimida Chrome’ni targ‘ib qilish bilan bog‘liq monopoliyaga qarshi sudga murojaat qilishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан