Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Google o‘ldirgan xizmatlar «qabristoni» ochildi
7.10.2019 11:39,  
403

Google korporatsiyasi «o‘xshamay qolgan» xizmatlaridan voz kechishi bilan mashhur. Masalan, ko‘plab foydalanuvchilar 6 yil avval faoliyatini to‘xtatgan RSS-agregatori Google Reader’ni eslasa kerak. Raqamli fotografiya bilan ishlaydigan Google Picasa va Googleʼning shaxsiy ijtimoiy tarmog‘i Google+ ham muvaffaqiyatsiz chiqqan.

Hattoki «Google o‘ldirgan» degan maxsus sayt ham bor. U yerda Googlening «o‘lgan» loyihalari va yaqin vaqtlarda yo‘q bo‘ladigan loyihalari kiritilgan. Google virtual emas, real hayotda ham shunaqa «qabriston» qilishga qaror qildi.

Google Reader, Picasa va boshqa xizmatlarning qabr toshlari joylashgan «qabriston»ning fotosurati korporatsiya xodimi Dana Frid tomonidan «dahshatli yoki qayg‘uli ekanligiga ishonchim komil emas» yozuvi bilan twit qoldirilgan.

The Vergening yozishicha, «qabriston» Xellouinga tayyorgarlik ko‘rish uchun Siʻtldagi Google ofisining foyesiga o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан