Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Google yana bir bozorda Apple bilan raqobatlashadi
2.11.2019 15:58,  
125

Google kompaniyasi fitnes-brasletlar va aqlli soatlar ishlab chiqaruvchi Fitbit shirkatini 2,1 mlrd. $ga sotib oldi.

Fitbit dunyoda aqlli soatlar ishlab chiqarish sohasida ikkinchi raqam ostida tilga olinadi. Strategy Analytics tahlilchilari uning bozordagi ulushini 12,2 % deb hisoblamoqdalar. Bu bozor yetakchisi esa Appledir. Apple Watch’ning bozordagi ulushi 50 %ga teng.

Google “aqlli taqinchoqlar” bozorida allaqachon o‘z o‘rniga ega. Kompaniya ko‘plab ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalaniladigan Wear OS operatsion tizimini ishlab chiqaradi.

"Fitbit jamoasi bilan yaqin hamkorlikda biz dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarga foyda keltiradigan qurilmalarni yaratishga qodir bo‘lamiz ", - deyiladi Googlening rasmiy blogida. Kompaniya "odamlarga aqlli, muvaffaqiyatli, sog‘lom va baxtli bo‘lishga yordam beradigan vositalarni yaratishni" istaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан