Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Go‘zallik salonidagi ayollarning janjali jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan tugadi
9.12.2020 18:55,  
695

2020 yilning 9 noyabr kuni soat 11:00da jamoat joyi hisoblangan Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan go‘zallik saloni binosida janjal yuz bergan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilishicha, salonda ishlovchi, 37 yoshli Z.Sh., 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A., 17 yoshli S.T. hamda go‘zallik saloni yonida joylashgan boshqa bir go‘zallik saloni ishchisi, 39 yoshli M.M. va uning qizi, 18 yoshli Sh.N. o‘zaro janjallashgan. 

Hodisa oqibatida 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A. va 17 yoshli S.T. turli darajada tan jarohatlari olganliklari aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A. va 17 yoshli S.T. “yengil” tan jarohati olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан