Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gretsiyada o‘zbek sopol buyumlari sotiladigan savdo uyi ochildi
17.07.2020 15:03,  
132

Gretsiya poytaxti Afina shahrida O‘zbekiston hunarmandlari savdo uyi ochildi. O‘zAning xabar berishicha, savdo uyi O‘zbekiston «Hunarmand» uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Afinadagi Bosh konsulligimiz ko‘magida tashkil etildi.

Afinaning eng zich Kallifeya tumanida joylashgan savdo uyining Gretsiyadagi hamkori «Craftence» kompaniyasi, O‘zbekistondagi hamkori esa Rishton shahridagi «Mohi Diyor Roshidon» oilaviy korxonasi savdo uyi hamkori hisoblanadi. Shartnomaga muvofiq, ushbu oilaviy korxona Gretsiyaga qariyb 7 ming dona sopol lagan, ko‘za, vaza, suvinerlar yetkazib berdi.

"O‘zbekiston hunarmandlari savdo uyidagi kulolchilik va to‘qimachilik buyumlari o‘z go‘zalligi bilan yurtingizning qadimiy va boy tarixini, betakror jozibasini namoyon etgan. Yunoniston bozoriga bunday mahsulotlar eksporti qo‘shilayotganidan mamnunmiz. Biz O‘zbekistonning bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz", – deydi Gretsiya Madaniyat vazirligi vakili Pavlos Xristu.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан