Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Greta Tunberg million yevro mukofot pul oldi va uni berib yuborishga qaror qildi
22.07.2020 18:54,  
212

Portugaliyadagi Galust Gyulbenkyan fondi 17 yoshli shved eko-faoli Grete Tunbergga "Insonparvarligi uchun" mukofotini topshirdi. U atrof-muhitni himoya qilish uchun "qattiq kurash" va yoshlarni ushbu kurashga jalb qilish qobiliyati uchun sharaflandi, deb yozadi Meduza.

Sovrin deyarli million yevroga teng. Tunberg barcha pullarni atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlariga xayriya qilishini aytdi.

"Bu men tasavvur qilganimdan ham ko‘proq pul, lekin barcha mukofot pullari mening jamg‘armam orqali iqlim inqirozidan zarar ko‘rgan odamlarga yordam beradigan turli tashkilotlar va loyihalarga topshiriladi", - dedi Tunberg.

Greta birinchi £100 000 ni Amazonka o‘rmonlarini asrab-avaylaydigan va tub aholiga koronavirus bilan kurashishda yordam beradigan SOS Amazonia loyihasiga xayriya qiladi. Yana 100 ming yevroni Stop Ecocide loyihasi oladi, uning yaratuvchilari butun dunyoda ekotsidni jinoyat deb tan olishni istaydi.

2018 yilda Greta Tunberg Shvetsiya parlamenti oldida namoyish o‘tkazdi. O‘shanda u juma kuni rasmiylar iqlim bo‘yicha kelishuvlarni bajarishni boshlamaguncha maktabga bormayman degan edi. 

2019 yilda shunga o‘xshash yoshlarning namoyishlari butun dunyo bo‘ylab bo‘lib o‘tdi va Tyunberg Nyu-Yorkda BMTning iqlim sammitida nutq so‘zladi.

2019 yil dekabr oyida Time jurnali Gretaxonni yil odami deb topdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан