Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik Bekzod Nurmatov Grozniydagi jangidan keyin vafot etdi
8.10.2019 09:54,  
3111

4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan jangda 27 yoshli Bekzod Nurmatov hakamlarning hal qiluv qaroriga ko‘ra rossiyalik Beslan Isayevga mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘zbekistonlik MMA (Mixed martial arts – Aralash jang san’ati) jangchisi Absolute Championship Akhmat 100 musobaqasidagi ishtirokidan keyin vafot etdi. Bu haqda TASS sportchining oilasiga tayanib xabar berdi.

Jang har biri besh daqiqadan iborat to‘liq uch raund bo‘lgan, hakamlarning qaroriga ko‘ra Isayev g‘alaba qozongani e’lon qilingan edi.

TASS suhbatlashgan manba: “Bekzod dushanbaga o‘tar kechasi vafot etdi. U insult bo‘lib, jangdan keyin komaga tushgandi”, dedi.

Nurmatovning yaqinlari uning jasadi seshanbani kuni vataniga qaytarilishini bildirdi. Shu kunning o‘zidayoq uni sportchini dafn qilish rejalashtirilgan.

Bekzod Nurmatov 27 yoshda bo‘lib, sportchilik faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazgan, ulardan 11 tasida g‘alaba qozonib, 2 marta mag‘lubiyatga uchragan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан