Gruziyada sayyohlar mikroavtobusi jarga qulab tushdi

Gruziyada sayyohlar mikroavtobusi jarga qulab tushdi

Gruziya shimoli-sharqidagi Dusheti munitsipalitetida mikroavtobus tog‘ yo‘lidan tushib ketishi natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi. Bu haqda yakshanba kuni respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida 17 kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi", - deyiladi xabarda. Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi 12 nafar jabrlanganni xabar qilgan edi. 

Xabarga ko‘ra, halokat Biso qishlog‘i yaqinida bo‘lgan. "Mikroavtobus taxminan 80 m balandlikdan tog‘ yonbag‘irga quladi", - deya tushuntiradi matbuot xizmati.

Voqea joyida qutqaruv ishlari Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ioseb Chelidze va Favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Temur Mgebrishvili tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Halokat sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Ichki ishlar vazirligi avtohalokat yuzasidan tergov boshladi.