Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimova 6 yil deganda birinchi bor o‘z bayonotini e’lon qildi
23.06.2019 18:25,  
18

Gulnora Karimovaning qizi Imon Instagram’dagi sahifasida onasiga tegishli ekanligi taxmin qilingan va hozirda o‘chirilgan akkauntdan olingan bayonotni joylashtirdi.

6 yil davomidagi ilk murojaat ekanligi aytilayotgan matnda Gulnora Karimova kutishlarni oqlamagani va hafsalalarini pir qilgani uchun xalqdan uzr so‘ragan. O‘zi olib yurgan familiya uchun mas’uliyatni his etgan holda ixtiyoriy yoki bunday bo‘lmagan harakatlarini anglab yetishga vaqti bo‘lganini qayd etgan.

Avvalgi qarorlari va qilmishlarini qoralaydigan darajada o‘zgarganini ta’kidlagan. Huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan.

«Birinchi so‘rovlardanoq mablag‘larim mamlakat rivoji uchun xizmat qilishi maqsadida hamkorlik qilishni boshlaganman. Bu pullar O‘zbekiston uchun naf keltiradigan loyihalarda salmoqli o‘rin tutadi, degan umiddaman. Prokuratura davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulk va vositalarni aniq hisoblab bo‘lmasligini da’vo qilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hududidagi 1,2 milliard dollar miqdoridagi shaxsiy aktivlarim menga tegishlilikdan chiqqani va respublika byudjeti uchun ishlayotganini bildirmoqchiman. Bu holat bir necha mahalliy tekshiruvlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan», — deyilgan bayonotda.

Shuningdek, bayonotda Shveysariyadagi hisob raqamlarda muzlatilgan mablag‘lar masalasiga ham aniqlik kiritilgan.

«Bu masala faqat menga tegishli yoki bog‘liq emas. Ularga boshqa davlatlardagi ko‘pchilik da’vogarlik qiladi. Vaholanki, ularning barchasi mening aktivlarim. Bunda men tomonimdan ishga tushirilgan yirik kompaniyalar O‘zbekistonda 15 ming kishini ish bilan ta’minlaganini ham hisobga olish lozim», — ta’kidlanadi bayonotda.

Mazkur bayonotga hozircha rasman izoh berilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан