Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimova koloniyada nima ish qilayotgani ma’lum bo‘ldi
2.03.2020 13:56,  
18584

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 21-sonli ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan shahrisabzlik mahkuma u bilan birga bir joyda jazo muddatini o‘tagan Gulnora Karimova haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Karimova bilan birga “o‘tirgan” mahkumadan Kun.uz intervyu oldi.

Uning aytishicha, Gulnora Karimova koloniyaga ilk kelgan vaqtida bu yerdagi sharoitlarga ko‘nikkan. «Qovun qovundan rang oladi. U ham bizdan ‘rang oldi’. Ammo keyinchalik mahkumalar va xodimlarga muomalasi o‘zgara boshladi. Oxir-oqibatda o‘zining hurmatini yo‘qotdi», — dedi mahkuma.

«U bilan juda ko‘p salomlashavermasdim, chunki ertalab ishga ketardim. Kechki payt esa kutubxonaga borardim... U davlatdan qarzi bo‘lgani uchun muassasa hududidagi ishlab chiqarish korxonasida ishlardi. Shu korxonada tikuvchi edi», — deya ma’lum qildi mahkuma.

Shahrisabzlik mahkuma qamoqdoshi Gulnora Karimova qamoqxona ovqatlaridan bosh tortib, faqat pechene yeb kun ko‘rgani haqidagi gaplar qisman haqiqat ekanligini aytdi. «Bu yerdan ham ovqatlanardi, uyidan kelgan ‘peredacha‘larni ham yerdi», — dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан