Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimova nevarali bo‘ldi
2.01.2022 17:32,  
719

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Islom Karimov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi va farzandining suratini joyladi. Unda bir necha oylik bo‘lgan bolakayning kitob tishlab turgani aks etgan bo‘lib, surat ostida «hamma narsaga tishimiz o‘tadi, chaynaymiz va jilmayamiz» deya izoh qoldirilgan.

Islom Karimov foydalanuvchilardan birining «bu sizning o‘g‘lingizmi?», degan savoliga «ha» deb javob bergan. Biroq uning qachon tug‘ilgani va ismini oshkor qilmagan.

Surat ostida Gulnora Karimovaning qizi, Imon Karimova ham «eng shirin» deya izoh qoldirgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan Islom Karimov 1992 yilda tug‘ilgan. Uning qachon va kimga uylangani borasida deyarli ma’lumot yo‘q. Bu haqda u hech qayerda e’lon qilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан