Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimova sudda g‘olib chiqdi. Endi u Shveysariya banklarida muzlatilgan pullarni olishi mumkin
4.12.2020 18:41,  
3271

O‘zbekistonning birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Shveysariyada o‘tgan sudda g‘olib bo‘ldi. Endilikda u bankda muzlatilgan qariyb 350 million dollarlik aktivga egalik qilishi mumkin.

3 dekabr kuni Shveysariya federal apellyasiya sudi Gulnora Karimovani Gibraltar ofshor hududida ro‘yxatdan o‘tgan Takilant Ltd. kompaniyasining huquqiy egasi etib topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirdi. Ushbu kompaniyaning Shveysariya banklari hisob-raqamidagi qariyb 350 million dollar miqdoridagi aktivlari 2018 yili qabul qilingan jinoyat ishi qarori bilan muzlatilgandi.

Jinoyat ishi doirasida faqat B. (jinoyatchining ism-sharifi oshkor etilmagan – tahr.) aybli deb topilgan. U hujjatlarni soxtalashtirish, noqonuniy daromadlarni legallashtirish, Karimova nomidan ochilgan kompaniyalar orqali poralar olishda aybdor deb topilgan.

«Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba, federal prokuratura (Shveysariyada – tahr.) uning aktivlarini musodara etishga erishmoqchi edi», degan Karimovaning advokati Greguar Manja.

Karimova O‘zbekistondagi iqtisodiy jinoyatlari uchun 2015–2020 yillarda uch marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilangan.

2020 yil mayida O‘zbekiston hukumati Fransiyadan 10 million AQSh dollari miqdoridagi aktivlarni qaytarib olgandi. Bosh prokuratura Shveysariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilgan holda Gulnora Karimovaning Jeneva shahrida joylashgan villasida o‘tkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san’at ashyolari (kartinalar, amaliy san’at va hunarmandchilik asarlari va hokazolar)ning O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirgandi. 

Iyun oyida esa Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSh, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Sentyabrda esa Shveysariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hisobraqamlardagi mablag‘lardan 131 million dollarga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан