Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimovaga pora berganlar ustidan sud bo‘lib o‘tadi
22.08.2018 01:44,  
13

Shvetsiya prokuraturasi va sudi rasmiylarining ma’lum qilishicha¸ 4 sentyabr kuni Stokholm sudida Gulnora Karimovaga kamida 350 million dollar pora berganlikda ayblanaëtgan Telia (avvalgi nomi TeliaSonera) shirkati sobiq boshqaruvchilari ustidan mahkama jaraëni boshlanadi.

O‘zbekiston¸ AQSh va qator Yevropa prokuraturalari tomonidan G‘arb telekom shirkatlaridan bir milliard dollardan ko‘proq pora olganlikda ayblangan va ayblanaëtgan Gulnora Karimova va uning bu ishdagi vositachi-ërdamchilari shved mahkamasida ishtirok etmaydi.

Pasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ mahkamaning birinchi uch kuni davomida prokurorlar ayblov xulosasini o‘qib eshittiradi¸ ayblanuvchilarning advokatlari qo‘yilaëtgan ayblarga o‘z javobini taqdim etadi.

Shundan so‘ng ikki haftalik tanaffus e’lon qilinadigan sud o‘z majlisini 19-21 sentyabrda davom ettiradi va sudlanuvchilarni so‘roq qiladi.

Sudlanuvchilar kursisida 2003-2007 yillarda Telia shirkatining moliyaviy direktori va vitse-prezidenti¸ 2007-2012 yillarda esa, shirkatning Yevroosië faoliyati prezidenti bo‘lgan Tero Kivisaari¸ 2007-2013 yillarda shirkatning bosh menejeri bo‘lgan Lars Nyuberg va Yevroosië faoliyati bo‘yicha bosh maslahatchisi Uli Tuimalarning o‘tirishi kutilmoqda.

Shvetsiya prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi direktori Gunnar Stetler uchala sudlanuvchini 2007-2012 yillar mobaynida O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoriga (mahalliy brend nomi Ucell) kirish va maxsus himoyada bo‘lish uchun Gulnora Karimovaga 350 million dollarga yaqin pora berganlikda ayblamoqda.

Shvetsiya tarixidagi eng katta koorupsion sxemani amalga oshirganlikda ayblanaëtgan Telia sobiq boshqaruvchilaridan yuzlab million dollar pora olgan o‘zbekistonlik ayblanuvchilarning sud ishida bevosita ishtirok etishi kutilmayapti.

Og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanaëtgan Gulnora Karimova O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarqatgan xabarga ko‘ra¸ 2015 yil besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan¸ uning korrupsion sxemalari va pul yuvishdagi asosiy sheriklari deb topilgan shaxsiy kotibasi Gayane Avakyan va fuqaroviy eri Rustam Madumarovlar ham O‘zbekistonda uzoq yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Gunnar Stetler ta’kidicha¸ o‘zbekistonliklar shved mahkamasida qatnashgan taqdirda ham ular “qasamëd ostida” ko‘rsatma bermaydi.

11-14 dekabr kunlari prokurorlar va advokatlarning so‘nggi chiqishlari rejalashtirilgan Stokholm mahkamasining 2019 yil yanvar-fevral oylarida sudlanuvchilar ustidan hukm chiqarishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан