Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimovaning advokati: “Mijozim tez-tez hushidan ketib qolyapti”
18.06.2019 17:03,  
15

Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli yaxshi emasligi haqida ma’lum qildi. 

Advokat Twitter᾽dagi sahifasidagi mijozi sog‘ligiga oid xabar yozib qoldirgan.

“Zangiotadan qaytyapman. Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i to‘liq bint bilan bog‘langan. Hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti. Hushidan ketish holatlari ko‘p kuzatilgan”, - deya yozgan himoyachi.

Bundan tashqari, advokat hukumatdan bu tarzda ushlab turish bas qilinishini so‘ragan.

Bir necha kun ilgari Gulnora Karimovaning qizi va O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovaning nabirasi Imon Karimova o‘zining instagramdagi sahifasida DXX raisi va O‘zbekiston Bosh prokuroriga yo‘llangan xatni e’lon qilgandi. Unda onasiga kerakli tibbiy yordamni olmayotganini, bundan tashqari, go‘yoki Gulnora Karimovaga koloniya xodimlari ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazishayotgani ta’kidlangan.

O‘z o‘rnida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova idora Gulnora Karimovaning aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qilgan. U, shuningek, Karimovaning sog‘ligi borasida ham to‘xtalib, "Gulnora Karimovaga tibbiy xizmat ko‘rsatishda birorta monelik bo‘lmayotganini" ta’kidlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан