Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimovaning qizi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yishda qatnashdi
31.08.2017 21:49,  
17

Lola Karimova o‘zining Feysbukdagi sahifasida Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimida olingan suratlarni joyladi.

"Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti va asoschisi Islom Karimov haykaliga gul qo‘yish marosimi. Toshkent, 31 avgust 2017 yil", — deya izoh berilgan suratlarda Lola Karimova opasi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova bilan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ygani aks ettirilgan.

Shuningdek, marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etgan.

Haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan ishlangan haykal ochilgach, Lola Karimova-Tillyayeva opasi Gulnora Karimovaning qizi — Imon Karimova bilan birgalikda yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Haykalning ochilish marosimida Tatyana Karimova so‘zga chiqib, nutq so‘zlab, so‘zi yakunida u Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik izhor etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан