Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimovaning Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan aktivlari qaytarib beriladi
24.12.2021 13:09,  
649

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan Takilant Ltd. kompaniyasi hozirda jinoiy tergov ostida bo‘lgan beshta Shveysariya bank hisob raqamidan ikkitasiga bog‘liqligi aniqlandi. Kompaniyadan musodara qilingan jami mablag‘ — 350 million dollardan ko‘proqni tashkil etdi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Swissinfo axborot agentligi Gulnora Karimovaning advokati Gregori Manjaga tayanib xabar berishicha, Shveysariyaning federal jinoyat sudi kompaniyaga tegishli 293 million dollardan ko‘proq mablag‘ni musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Ta’kidlanishicha, sud ishida qatnashgan bir necha kishi, shu jumladan, Gulnora Karimova va uning yordamchisi «pul yuvishda» aybdor deb topilgani uchun ushbu mablag‘larning katta qismini musodara qilish kerak degan qarorga kelgan.

Biroq taxminan 70 million dollar miqdoridagi mablag‘ Takilant kompaniyasiga qaytarib beriladi. Buning sababi, tergov jarayonida bir nechta kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu aktivlar jinoyat natijasida olingani aniqlanmagan. Bu haqda 2021 yilning 22 dekabr kuni Federal jinoyat sudi e’lon qilgan bayonotda qayd etilgan.

Sud qarori Shveysariya Federal prokuraturasi tomonidan 2012 yilda Gulnora Karimovaning shaxsiy yordamchisi va Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasining o‘zbek filiali menejeriga qarshi «pul yuvish» ayblovlari bilan bog‘liq keng qamrovli tergov doirasida yana bir bobni yopgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан