Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gurbanguli Berdimuhamedov dorivor o‘simliklar haqida yangi kitob yozdi
10.10.2021 13:31,  
77

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning «Turkmanistonning dorivor o‘simliklari» ilmiy-ensiklopedik asarining 13-jildi nashr etildi.

Davlat boshlig‘i navbatdagi hukumat yig‘ilishida to‘plamning yangi jildini taqdim etdi, deya xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Yangi kitobning chiqarilishi sog‘liqni saqlash xodimlari va tibbiyot sanoati xodimlari kuniga to‘g‘ri keladi, deya ta’kidlagan mamlakat rahbari. 

Berdimuhamedov Bosh vazir o‘rinbosari Sapardurdi Toyliyevga bayramda shifokorlarga yangi nashrning uyushgan holda taqdim etilishini ta’minlashni topshirgan.

Bu Berdimuhamedovning 2021 yilda yozgan uchinchi kitobidir. Bu yil u Ashxobod shahrining 140 yilligi va Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab ham asarlar yozgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан