Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘uzor hokimi mas’uliyatsizlik qilgan yana bir o‘rinbosariga hayfsan e’lon qildi
10.04.2022 13:18,  
57

G‘uzor tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zokirov Zoxidjon Zakirovichga hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda tuman hokimining "Intizomiy javobgarlikka tortish haqida"gi qarori qabul qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, hokimning bu o‘rinbosari ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan.  O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida ijro etilishini ta’minlamagan hamda sohaga tegishli tashkilot rahbarlari ustidan nazoratni susaytirib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kasbi va Muborak hokimlari o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilgandi. Qolaversa, Kitob tumani hokimi birdaniga 3 nafar o‘rinbosarini jazolagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан