Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘uzor hokimligi 56 mln so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalangani aniqlandi
2.12.2019 22:48,  
225

Qashqardaryoning G‘uzor tuman hokimligi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Hujjatlarda hokimlikka qarashli binoda o‘rnatilgan hisoblagich dasturda o‘chirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy bo‘limi xabar qildi.

Hisoblanmagan energiya qiymati 124 214 kVt.soatni tashkil etgan, zarar – 55,8 mln so‘m.

Yana bir qoidabuzarlik Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ko‘cha chiroqlari elektr ta’minoti hisob nuqtalarini o‘rganishda aniqlangan. Bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan ulanganligi aniqlangan, 4 tasida esa transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra jami 335, 6 mln so‘m (745 819 kVt.s) ga qayta hisob qilingan va undirishga yo‘naltirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан