Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘uzorlik bosh hamshira 500 AQSh dollar pora olgan vaqtda ushlandi
3.03.2021 20:47,  
236

G‘uzorda yana bir korrupsiya bilan bog‘liq holat fosh etildi, deb xabar beradi «Nasafnews» manbasi.

Xabarga ko‘ra, Departamentning G‘uzor tuman bo‘limiga fuqaro N. S. ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limi bosh hamshirasi L.Ch. fuqaro N.S.ni tibiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 600 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirib, L.Ch.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu murojaat yuzasidan Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi,  DXXning tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida 2021 yil 5 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi bosh hamshirasi L.Ch.ga  ariza muallifi N.Samadovadan kimyoviy ishlov berilgan 500 AQSh dollari va ishga kiruvchining shaxsiga oid hujjatlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan hamshiraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atillib, hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан