Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Habib bir shart bilan MakGregorga qarshi revanshga rozi bo‘ldi
9.03.2020 14:44,  
3845

UFC ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov shov-shuvni xush ko‘ruvchi irlandiyalik MakGregor bilan bo‘ladigan revanshga bitta shart qo‘ydi: agar Konor Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Azizning boshqa mijozi Jastin Getjini mag‘lub etsa, Habib takroriy jangni qabul qiladi.

Bir oydan so‘ng yengil vaznlar diviziondagi mutlaq janglar bo‘yicha chempion Habib Nurmagomedov oktagonga qaytadi. Bruklindagi "Barklays" markazida UFC 249 turniri doirasida Habib navbatdagi yengil vaznda eng kuchli raqib amerikalik Toni Fergyuson bilan duelda o‘z titulini himoya qiladi. 

Gap shundaki, munozaralarga sababchi bo‘lgan va shu paytgacha mag‘lub bo‘lmagan rossiyalik chempion Habib yana ikki-uch jang o‘tkazishini va shundan so‘ng faoliyatini yakunlashini ta’kidlab o‘tgandi. Ammo bundan oldin u Konor MakGregor bilan sakkizburchakda yana bir bor uchrashishga vaqt topishi kerak.

Buni Dana Uayt boshchiligidagi UFC rejalashtirmoqda. Nurmagomedov va MakGregor revanshini tashkil qilishdan liga manfaatdor, ammo bunda ba’zi "muammolar" ham bor, deb ta’kidladi promoushen prezidenti.

Birinchidan, Habibning o‘zi buni istamayapti. U Konorni o‘ziga raqib sifatida qiziqish uyg‘otmaganini ta’kidladi va agar revansh jangi o‘tkazilsa ham, irlandiyalik 10 ta g‘alabadan keyingina uni oldiga kelishi mumkinligini aytgan. Bu esa albatta fantastik ko‘rinish beradi. Ikkinchidan, Konorning UFC dagi bu kabi maqomi bo‘lgani bilan ham u yengil vazn toifasida chempionlik uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritishi kerak. Bunga yengil vazn toifasining eng kuchli kurashchilaridan birini mag‘lub etish orqali erishish mumkin. Eng munosib variant - bu Jastin Getji.

Bir qator OAV xabarlariga ko‘ra, aynan amerikalik Jastin ustidan erishilgan g‘alaba MakGregorga Habibdan o‘ch olish imkonini beradi. Nurmagomedovning MakGregor bilan qayta uchrashishning asosiy sharti ham aynan shudir.

Konor ilgari juda yaxshi raqiblarni mag‘lubiyatga uchratgan, endi esa u so‘nggi o‘nta jangdan uchtasida g‘alaba qozongan jangchini mag‘lub etganiga hamma uni qaytib keldi demoqda. Yo‘q, Jastin Getjiga o‘xshagan qattiq raqib bilan jang qilsin. Yengil toifaga tushish uchun vaznini ham tushirsin. Bu mening fikrim. Men Konor aynan Getjidan qochib yuradi deb o‘ylamayman, u umuman olganda har qanday og‘ir janglardan qochyapti, dedi Habib.

Agar MakGregor haqiqatan ham Habib bilan yana bir o‘yinda maydonga tushishni istasa, u eng TOP 5 likdan kimnidir mag‘lubiyatga uchratib yengil divizionga qaytishi kerak. Fergyuson allaqachon Nurmagomedov bilan duelni kutmoqda, Dastin Pore Dan Xuker bilan jangga kelishib oldi. Getji ular ichidagi yagona bo‘sh turgan jangchidir. MakGregor-Getji jangi haqida keng tarqalgan mish-mishlarni Ali Abdul-Aziz ochiqchasiga rad etdi.

Getji va MakGregor o‘rtasidagi jang haqidagi mish-mishlar mutlaqo yolg‘on. Konor Donald Serroneni o‘rniga Jastinga qarshi kurashish imkoniyatiga ega edi, ammo u bunday qilmadi. Jastin birinchi raqamli raqibdir va Habib aytganidek, Konor o‘nta jangda g‘alaba qozonishi kerak, deb yozdi Abdul-Aziz o‘z tvitterida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан