Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Habibning otasi UFC chempioni sportdan qachon ketishini aytdi
4.02.2020 09:39,  
681

UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va treneri Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining sportdagi faoliyati haqida yana bir bor mulohaza bildirdi.

Katta Nurmagomedovning atishicha, hali mag‘lubiyatga uchramagan chempion 2-3 ta jangdan so‘ng oktagonga chiqishni to‘xtatishi kerak.

«Habib 1,5-2 yilda faoliyatini to‘xtatadi. Maksimum 3 ta jangni ko‘zlayapman. Ikkitasi — normal.

Nurmagomedovlar avlodi 32-33 yoshgacha o‘zining eng kuchli davrini kechiradi, keyin pasayish yuz beradi... Shundan so‘ng erkakning ikkinchi balog‘at davri boshlanadi. Mushaklarning chidamliligi, elastikligi kamayadi, ko‘rish qobiliyati pasaya boradi. Shuning uchun ham vaqtida ketish kerak, seni ketkazishlaridan avval», — dedi Abdulmanap Nurmagomedov.

Habib Nurmagomedov 31 yoshda. U 19 aprel kuni amerikalik Toni Fergyuson bilan oktagonga chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан