Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta davomida ob-havo biroz salqin bo‘ladi
7.09.2020 11:39,  
152

Kecha mamlakatimiz aholisi kuz kirib kelganini his qildi – O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi. 

Ayniqsa bugun kechasi va ertalab sovuq antitsiklonning ta’siri  sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo‘ldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi.

O‘zgidrometning xabar berishicha, ikki kun davomida respublikamiz hududi antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi.

Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9 sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12 sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga pastdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан