Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
20.04.2020 16:40,  
566

Dushanbadan jumagacha janubiy oqim kuchayadi, ya’ni issiq havo respublikamiz hududini qamrab oladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

O‘zbekiston hududining katta qismida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 17-22 daraja atrofida, 20-22 aprelda kunduzi 25-30 daraja, 23-24 aprelda 27-32 daraja, janubda va cho‘l zonasida ayrim joylarda 33-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bunday haroratlar shu davr uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqoridir. 

Eslatib o‘tamiz, aprelning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordlari 32-34 darajani, janub va cho‘l zonalarida esa 35-37 darajani tashkil qilgan.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston g‘arbidan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. 23 aprelda Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat pasayib 24 aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан