Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta mobaynida AI -80 markali benzinning birjadagi narxi 9,5 foizga pasaydi
21.11.2021 12:02,  
142

15-19 noyabr kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha sotilish narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129,4 ming so‘mdan 9 168,4 ming so‘mgacha, ya’ni  9,5 foizga pasaydi, deya xabar bermoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati.

Hafta yakuniga ko‘ra birja bozorining mazkur segmentida taklif darajasi 3,1 foizga o‘sgan.

Shuningdek, birja savdolariga qo‘yilgan benzin hajmida kichik 1 tonnalik lotlarning ulushi 6 foizdan 30 foizgacha oshirilgan. Buning natijasida birja savdolari orqali benzinni sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagacha, ya’ni 4,5 barobarga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinning 1 tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali avtomobil benzini savdolarida 556 ta tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etib, o‘tgan haftaga (249 ta) nisbatan ushbu ko‘rsatkich 2,2 barobarga oshgan.

Bunda, kichik hajmdagi lotlar bo‘yicha savdolarda ishtirok etayotgan xaridorlar soni 345 tani tashkil etib, ular umumiy savdo ishtirokchilarining 62 foiziga to‘g‘ri kelgan.

Buning natijasida, joriy yil 19 noyabr kuniga kelib AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo‘yicha o‘rtacha sotilish narxi ishlab chiqaruvchilar kesimida quyidagilarni tashkil etdi:

Buxoro NQIZ - 8 135 ming so‘m (16 noyabrda 9 831 ming so‘m) yoki 17 foizga arzonlashdi;

«SANOAT ENERGETIKA GURUHI" MCHJ XK – 8 162 ming so‘m (16 noyabrda 9 696 ming so‘m) yoki 16 foizga arzonlashdi;

«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ – 8 449 ming so‘m (16 noyabrda 1 tn lotda sotilmagan).

Shuni ta’kidlash joizki, birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo‘yicha ishtirokchilar talabi joriy yilning 19 noyabr kuni 1 857 tonnani tashkil etib (shundan 50 foizi qoplangan), 16 noyabr kuniga nisbatan kunlik talab 310 tonnaga oshgan.

Shu bilan birga, 2021 yilning 19 noyabr kuni birja savdolarida sotilgan AI-80 markali benzinning o‘rtacha sotilish narxi 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 9 528 ming so‘mni (hafta boshiga nisbatan  6 foizga pasaygan) tashkil etib , 1 tonnalik lotlarga nisbatan 1 393 ming so‘mga qimmat narxlarda sotilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан