Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta suratlari: asosiy mavzu – koronavirusdan namoyishlaru xotira marosimlariga qadar
6.02.2020 16:43,  
639

Xitoy koronavirusining zararlari ortib boryapti, Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari hamon tingani yo‘q, Donald Trampning “asr kelishuvi” Falastinda kattayu kichik tomonidan keskin rad etildi, Iroq va Chilida namoyishlar davom etyapti. Qarorgohi Londonda joylashgan The Guardian nashri o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Iordaniya poytaxti Ammonda Falastinlik qochoqlar Donald Trampning “asr kelishuvi” deb nomlangan, mustaqil Falastin davlati tuzilishi ko‘zda tutilgan rejasiga qarshi namoyishga  chiqdi. Ushbu “kelishuv” matni to‘laligicha Isroil manfaatlarini ko‘zlab yozilgani, Quddus shahri unga poytaxt qilib berilayotgani uchun uni oddiy falastinliklar ham, Falastin muxtoriyati rahbariyati ham keskin rad etdi. Xususan, Falastin prezidenti Mahmud Abbos “Quddus sotilmaydi”, deya keskin javob qaytardi. 

Meksikaning Guerrero shtati Ayahualtempa qishlog‘ida yosh bolalarga jamoaviy politsiya kuchlari qurol ishlatishni o‘rgatyapti. Bu hududlarda shafqatsiz narkokartel guruhlari borligi sababli besh yoshdan oshgan bolalarga o‘zi va oilasini himoya qilish o‘rgatiladi. Meksika yillarki narkokartellar o‘rtasidagi qirg‘inbarot kelshimovchiliklardan aziyat chekib keladi. 

Chili poytaxti Santyagoda prezident Sebastyan Pineraga qarshi aksilhukumat namoyishlar to‘rtinchi oyga kirdi.

O‘tgan hafta, 2020 yilning 27 yanvar kuni Polshaning Osvensim shahri yaqinidagi Aushvits-Birkenau o‘lim lageri natsistlardan ozod qilinganiga roppa-rosa 75 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan xotira marosimida bu lagerdagi qirg‘inlardan omon qolganlar va Polsha prezidenti Anju Duda ishtirok etdi.  

Iroqliklar ham hukumatning islohotlar borasidagi sustkashligidan norozi. Bag‘doddagi Al-Xillaniy maydonida politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi. 

2019 yil 31 dekabrda rasman e’lon qilingan va 2020 yil 23 yanvarda Uxan shahri qamalga olinishi bilan vahimalarga sabab bo‘lgan Xitoy koronavirusidan har kim qo‘lidan kelgancha himoyalanishga urinmoqda. Poytaxt Pekin aeroportidan uchib ketishga hozirlik ko‘rayotgan bolalar yuziga niqob taqish bilan birga boshini plastik idish bilan o‘rab olgan.

Xitoyda yangi paydo bo‘lgan 2019-nCoV koronavirusi barcha nashrlarning yangilik ustunlarini zabt etgan. Shuning uchun Avstraliyada hali ham davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari asosiy sarlavhalarda ko‘rinmay qoldi. Vaholanki, poytaxt Kanberra atrofidagi ham kuchli yong‘inlar sodir bo‘lyapti. Avstraliya Poytaxt Hududi bosh vaziri Endryu Barr o‘tgan juma kuni ayni hududda favqulodda vaziyat tartibini e’lon qildi. 

Yana koronavirus mavzusi, yana ehtiyot chorasi sifatida yuzniqob ustidan plastik idish kiyib olgan bolakaylar. Bu bolalar Xitoyning Guanchjou shahri xalqaro aeroportida mamlakatdan tashqariga uchib ketishni kutib o‘tiribdi.  

Cho‘l chigirtkalari Nasulu qo‘riqxonasiga hujum qildi. Keniyada so‘nggi yetmish yilda eng yirik miqyosdagi hasharotlar hujumi kuzatilyapti.  

Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlaridan yana bir lavha. Poytaxt Kanberra yaqini. 

Xitoyning Uxan shahridan olib chiqilgan talabalar Indoneziyaning Batam shahridagi Hang Nadim xalqaro aeroportiga qo‘nishi bilan koronavirus xavfi tufayli to‘liq dizinfeksiyadan o‘tkazilyapti.

Londonning Strethem shohko‘chasida yo‘lovchilarga hujum qilgan 20 yoshli Sudesh Ammon politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Keyinroq bu voqea terrorchilik hujumi deb e’lon qilindi. 

Manila xalqaro aeroportida o‘z parvozlarini kutib turgan yo‘lovchilar. Ba’zilar koronavirus xavfi tufayli niqob taqqan. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoy va unga tegishli hududlarga sayohat qilishga taqiq qo‘ydi. Bundan o‘z mamlakatiga qaytayotgan filippinliklargina mustasno.

Guroymak tumanidagi Budakli qishlog‘ida bolalar qishning ayozli kunida 40℃ issiqlikdagi buloq suvida o‘z otlarini cho‘miltiryapti. Turkiyaning Bitlis viloyati. 

Malayziyalik ayol Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida himoya niqobini taqyapti. O‘tgan hafta Selangor shtatida yashovchi 41 yoshli erkak Malayziyada koronavirus aniqlangan birinchi shaxs bo‘ldi. 

Turkiyaning eng sharqiy Van viloyatida kuchli qor bo‘ronlari sabab katta yo‘lda qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Birinchi ko‘chki seshanba kuni kechqurun Van-Bog‘chasaroy yo‘lida yuz bergan, ichida yo‘lovchilari bor mikroavtobus 40 metrlik jarlikdan pastga qulagan. Qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanib, 200 ga yaqin kishi bu yerga yetib kelganida chorshanba kuni ikkinchi ko‘chki yuz bergan. Oqibatda jami 38 kishi halok bo‘lgani aytilyapti. 

Qrimning Yalta shahrida 1945 yil 4-11 fevral kunlari o‘sha paytda dunyodagi uch qudratli mamlakat – SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan, uning yakunida Germaniya ustidan g‘alab qozonilgandan keyin qilinadigan ishlar rejalashtirib olingan edi. O‘sha konferensiyaning 75 yilligi nishonlanar ekan, uch xil harbiy kiyim kiyib, bayroq ko‘tarib olgan marosim qatnashchilari Uinston Cherchil, Franklin Ruzvelt va Iosif Stalin haykali oldidan o‘tmoqda. 

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi mashhur Qarg‘a ko‘li atrofida choyfurush mijoz kutyapti. 

Xitoyda koronavirusdan ehtiyot choralari cho‘qqisiga chiqqan bir vaziyatda kimdir hazillashib Pekindagi bronza haykallardan biriga niqob taqib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy koronavirusidan hozirgi daqiqalargacha jami 28 344 kishi kasallangan, 565 kishi vafot etgan, yana 1 339 kishi esa undan to‘liq sog‘ayib ketgan. 

Turkiya sharqida kuchli qor bo‘ronlari yuz beryapti. Mush viloyatida yashovchi kishi qorga ko‘milib qolgan uyining derazasidan tashqariga qarab turibdi.

Bugun eng ko‘p muhokama qilinayotgan, axborot nashrlarining sarlavhalarini egallagan mavzu shubhasiz Xitoyda 2019 yil oxirida paydo bo‘lgan va bugunga kelib bu mamlakatdagi ko‘plab sohalarni falajlab qo‘ygan 2019-nCoV koronavirusidir. Changsha shahrida ko‘ngillilar himoya kiyimlarini kiyib olgancha temiryo‘l bekatini dizinfeksiya qilib chiqyapti.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан