Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta suratlari: Bag‘dodiyning o‘limi, Hasakiyadagi qamoq lageri, Chili va Iroq namoyishlari, Katmandu manzarasi
5.11.2019 19:17,  
574

O‘tgan haftada “Islom Davlati” yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiy qo‘nim topgan qo‘rg‘on qanday yo‘q qilingani namoyish etildi, Angliyaning Esseks grafligidagi avtorefrijerator ichidan topilgan qurbonlarning barchasi Vetnam fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi, Chili va Iroqda aksilhukumat namoyishlar avjiga chiqdi. Qarorgohi Londonda joylashgan The Guardian nashri o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Kuchli shamol Vinzor hududidagi yong‘inlarni borgan sari avj oldiryapti. hozirgacha Kinkeyd yong‘ini nomi bilan atalayotgan tabiiy ofat tufayli 75 000 akr yerdagi o‘rmon yonib bitdi. Bu San-Fransisko shahridan 2 baravar katta hudud degani. Kaliforniya shtati, AQSh.

Asosan yoshlar qatnashayotgan Iroqdagi aksilhukumat namoyishlarda talabalar Basradagi o‘z universitetlari oldida yig‘ilgan. Iroqda o‘tgan oy oxirida qaytadan avj olgan namoyishlar ishsizlik va korrupsiyani yo‘qotish talablaridan hukumatni o‘zgartirish darajasiga o‘sib chiqdi.

Suriya shimoli-sharqidagi Hasakiya shahrida joylashgan, “Islom Davlati”ga a’zolikda gumonlanganlar to‘plangan qamoq lageri. Bu va boshqa qamoq lagerlarini nazorat qiluvchi kurd harbiylariga ko‘ra jami 12 000 ga yaqin kishi hozirda shunday joylarda tutib turilibdi, ularning orasida suriya va iroqliklardan tashqari 54 ta xorijiy davlat fuqarolari bor.

AQSh Mudofaa vazirligi tarqatgan videodan olingan bu suratda Islom Davlatining sobiq yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiy yashiringani aytilgan Suriyaning Barisha shahridagi qo‘rg‘on tasvirlangan. Pentagonning bildirishicha, bu surat olinganidan bir necha daqiqa o‘tib Bag‘dodiy amerikalik harbiylar qo‘liga tushmaslik uchun o‘zini portlatib yuborgan, keyin esa AQSh qiruvchi samolyotlari tashlagan bomba binoni to‘liq vayron qilgan.

Suriyalik bola mamlakat shimoli-sharqidagi, Turkiya bilan chegaradosh Qahtoniya shahri yaqinida qo‘riqchilik qilayotgan AQSh zirhli texnikasini tomosha qilyapti. AQSh harbiy kuchlari bu hududni kurd harbiylari bilan birgalikda qo‘riqlayapti.

Har yili Tofta aeroporti yonida o‘tadigan, Katta Gotland milliy motopoygasi ishtirokchilaridan biri. Visbi shahri yaqini, Shvetsiya.

O‘tgan hafta Fransiyaning okeanorti hududi Reyunyonda otilgan vulqon lavasi Hind okeaniga qarab oqib boryapti.

Chilida hukumatning iqtisodiy siyosatiga qarshi to‘xtovsiz norozilik bildirayotgan namoyishchilar poytaxt Santyagodagi politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida taxta to‘siqlar ortida himoyalanyapti. Prezident Sebastyan Pinera bir necha haftadan buyon davom etayotgan namoyishlar manzarasida hukumat a’zolarining katta qismini o‘zgartirdi, ammo bu muammoga yechim bo‘lmadi.

Ho‘kiz qo‘shilgan arava Japanma bandargohida turgan qayiqdan yuk ortib sohilga chiqib ketyapti. Kyaukfyu, Myanma (Birma).

Filippinliklar “Barcha avliyolar kuni”da dunyodan o‘tgan qarindoshlari va yaqinlarining qabrini ziyorat qilish uchun Maniladagi umumiy qabriston ziyoratiga keladi. Shaharning qashshoq mintaqalarida joy yetishmovchiligi muammosi tufayli qabrlar shu tarzda ustma-ust qo‘yiladi.

Angliyaning Esseks grafligidagi avtorefrijerator ichidan topilgan 39 vetnamlik qurbondan biri, 30 yoshli Le Van Haning otasi Le Minh Tuan o‘g‘lining hali go‘dak farzandini quchoqlab yig‘layapti. Ngean viloyati, Vetnam.

Chili namoyishlari vaqtida Konsepsion shahridagi xavfsizlik kuchlari aksilhukumat namoyishchini qo‘lga olyapti.

G‘ala-g‘ovurga burkangan dunyoning tinch go‘shasi – Shotlandiyaning Pitloxri shaharchasi yaqinidan o‘tgan Garri daryosi ko‘prigi uzra.

Ikkinchi nomi “Tihar” bo‘lgan “Divali” bayrami asnosida Nepal poytaxti Katmandu shahrining yuqoridan ko‘rinishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан