Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta suratlari: hammasi koronavirus bilan bog‘liq
4.04.2020 23:53,  
1090

Ijtimoiy masofalanish, atrofdagilardan ihotalanish va karantin – bugun butun dunyo mana shu ko‘rinishda gavdalanyapti.

COVID-19 kasalligiga chalingan bemorlarni qabul qilish uchun Portugaliya poytaxti Lissabonda tashkil etilgan ko‘cha kasalxonalaridan biri.

Foto: Patrícia de Melo Moreira/AFP/Getty Images

Falastinlik masxaraboz niqob taqqan holda G‘azo ko‘chalarida yurib, karantinda o‘tirgan bolalarni xursand qilyapti.

Foto: Mohammed Saber/EPA

Paragvay poytaxti Asunsonda to‘rt haftadan beri karantin davom etyapti. 11 yoshli Fabian Ramires muhtojlikdan o‘z oilasi bilan axlat qutisiga tashlab ketilgan meva qoldiqlarini terib yuribdi. 

Foto: Jorge Sáenz/AP

COVID-19 kasaliga chalingan o‘nlab bemorlar poyezdda evakuatsiya qilinganidan keyin Fransiya sharqidagi Miluz shahridagi temiryo‘l vokzali dezinfeksiya qilinyapti.  

Foto: Véronique de Viguerie/Getty Images

Koronavirusga chalingan bemorlar Fransiya poytaxti Parijdagi Gare-d-Osterlits vokzalidan tezyurar poyezd vositasida kasallik kamroq tarqalgan Britoni mintaqasiga jo‘natilyapti.  

Foto: Thomas Samson/AFP/Getty Images

Aholi karantinda o‘tirib, yo‘llar bo‘shab qolar ekan, Uelsning Llandudno shahri yaqinidagi tog‘larda yashaydigan Kashmir echkilari ko‘chalarni “zabt etdi”.  

Foto: Carl Recine/Reuters

Koronavirusning “vatani”, ammo bugunga kelib epidemiyadan deyarli xalos bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida xaridorlar baqqollik do‘konlari bilan devor osha savdo qilyapti. Shahar 8 apreldan keyin dunyoga ochilishi, karantin qoidalarini bekor qilishi kutilyapti.  

Foto: Aly Song/Reuters

Senegal poytaxti Dakarda bo‘sh turgan maktab binosi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun dezinfeksiya qilinyapti.  

Foto: Zohra Bensemra/Reuters

Fransiyada karantin choralari o‘ta kuchaytirilgan. Marsel shahri yashovchilaridan biri peshayvonga chiqib, qo‘shnilari bergan oziq-ovqat mahsulotlarini arqon bilan tortib olyapti.

Foto: Anne-Christine Poujoulat/AFP/Getty Images

Rossiyada dastlab 27 martdan 5 aprelgacha karantin e’lon qilingandi. Keyinroq uning muddati 30 aprelga qadar uzaytirildi. Sankt-Peterburgda yopilgan bog‘chalardan biri qor ostida qoldi.  

Foto: Anton Vaganov/Reuters

AQShning eng yirik Nyu-York shahri bugun koronavirusning ham eng yirik o‘chog‘iga aylandi: shaharda ushbu virusga chalinganlar soni ayni vaqtga kelib 63 000 kishidan oshib ketdi. Navbatchilikdan chiqqan tibbiyot xodimi Markaziy bog‘ yaqinidagi o‘rindiqda o‘tirib dam olyapti.  

Foto: Jeenah Moon/Reuters

Ispaniyaning Barselona shahridagi Dos de Mayo kasalxonasi shifokorlari kasalxonaga qo‘shni ko‘pqavatli binolardan turib ularni qo‘llab-quvvatlab qarsak chalayotganlarga minnatdorchilik bildirmoqda.   

Foto: Quique García/EPA

Janubiy Afrikaning Yohannesburg shahri Hilbrou mavzesida yashovchilar karantinga amal qilmayotganlarga qarshi politsiyachilar o‘tkazayotgan amaliyotni tomosha qilyapti. 

Foto: Marco Longari/AFP/Getty Images

Hindistonda e’lon qilingan umummiliy karantin doirasida mehnat muhojirlari yuk mashinasi bortida o‘z qishloqlariga qaytmoqda. Ahmadobod shahri atrofi. Mamlakatda 21 kunlik karantin boshlanganiga bir haftadan oshganiga qaramay, shaharlarda vaqtinchalik yashovchilar guruh-guruh bo‘lib o‘z qishloqlariga qaytishda davom etyapti. Karantinning asosiy sharti ko‘pchilikning bir joyga to‘planishini cheklash emasmidi?

Foto: Amit Dave/Reuters

Karantin e’lon qilingach, butun Buyuk Britaniya, shu jumladan London markazidagi Pikadelli sirki atrofi huvillab qoldi. 

Foto: David Levene/The Guardian

Xitoy poytaxti Pekindan koronavirus o‘chog‘i Uxanga qarab yo‘lga chiqqan poyezd kuzatuvchisi. Ikki yarim oy deganda endi birinchi marta Uxanga tashqaridan odam kirishiga ruxsat berilyapti. Ammo hali ichkaridagilar tashqariga chiqishiga ruxsat berilmadi.  

Foto: Roman Pilipey/EPA

Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi hayvonlar sotiladigan do‘konlardan biri: hayvonlarni ovqatlantirayotgan xodima tibbiy niqob taqqan. 

Foto: Ed Jones/AFP/Getty Images

Angliyaning Romford shaharchasi atrofida aholi uylari oldida o‘tlab yurgan bug‘ular. Shaharga yaqin milliy bog‘da yashovchi bu bug‘ular yo‘llarning sokinlashib qolganidan foydalanib ko‘chalarda bemalol kezib yuribdi. 

Foto: Leon Neal/Getty Images

Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan kasalxonalardan biridagi COVID-19 kasalligiga chalingan bemorlar davolanuvchi intensiv terapeya bo‘limi.  

Foto: Felipe Dana/AP

Ispaniyaning Barselona shahri Badalona mavzesida joylashgan Germans Trias i-Puyol kasalxonasi derazasidan tashqariga nazar.

Foto: Felipe Dana/AP

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан