Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta suratlari: Yaponiyada yangi imperator, Chilida namoyishlar tinmayapti, Kaliforniya yong‘inlari
29.10.2019 18:32,  
176

O‘tgan hafta Chilida aksilhukumat namoyishlar davom etdi, Yaponiyada yangi imperator taxtga o‘tirdi, shialar "Arbain" marosimini nishonladi. Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan AP – Associated Press xalqaro agentligi o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Yangi Orleanda qurilayotgan Hard Rock Hotel oldidagi ko‘tarma kranlar qisman qulashi oqibatida binoda portlash va yong‘in kelib chiqdi. Natijada uch ishchi halok bo‘ldi. 2019 yil 20 oktyabr, yakshanba.

Kinkeyd yong‘ini (Kincade Fire) Kaliforniya shtati, Sonoma okrugiga qarashli Jimtaun shaharchasidagi mashinani “yeb bitiryapti”. Iqlim o‘zgarishlari bog‘lanayotgan Kaliforniya yong‘inlari 23 oktyabrda boshlangan bo‘lsa, bugungacha 74 300 akr (301 km2) maydondagi o‘rmon va ekinzorlarning kulini ko‘kka sovurdi. 2019 yil 24 oktyabr, payshanba.

Kataloniya mustaqilligini talab qilib chiqqan namoyishchilar Barselonadagi Ichki ishlar departamenti oldida yig‘ildi. Namoyishchilar Ispaniya Oliy Sudi ikki yil oldin mustaqillik referendumini tashkillashtirgan to‘qqiz siyosiy yetakchini qamoqqa hukm qilganidan g‘azabda. 2019 yil 21 oktyabr, dushanba.

Venesuela muxolifatidan bo‘lgan namoyishchi poytaxt Karakasdagi davlat elektr tarmoqlari kompaniyasi bosh qarorgohiga olib boruvchi yo‘lni to‘sib qo‘ygan Milliy Gvardiya askarlari bilan gaplashishga urinmoqda. Namoyishchilar mamlakat g‘arbidagi Zulia shtati aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ildi. Bu shtatliklar elektr energiyasi uzilishidan aziyat chekmoqda: shtatda ba’zida bir kunda 20 soatdan ortiq elektr berilmaydi. Sobiq prezident Ugo Chaves o‘limidan so‘ng iqtisodiy inqirozga kirgan Venesuelaning o‘zida esa yil boshidan buyon siyosiy qarama-qarshiliklar va tartibsizliklar yuzaga keldi. 2019 yil 24 oktyabr, payshanba.

Santyagoda politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida jarohatlangan namoyishchiga odamlar yordam ko‘rsatyapti. Dastavval metrodagi yo‘lhaqi oshirilganiga qarshi boshlangan Chili namoyishlari aksilhukumat ko‘rinishga keldi va endi norozilik harakati ishtirokchilari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini isloh qilish, ish haqlarini esa ko‘tarishni talab qilyapti. 2019 yil 21 oktyabr, dushanba.

Shia oqimiga mansub bo‘lgan otasiga taqlid qilgan bola qo‘lini ko‘tarib ko‘kragiga uryapti. Bu odat “Arbain” – qirq kunlik motam tugagani munosabati bilan qilinadi. Hijriy 61 yil Muharram oyining 10-kuni/milodiy 680 yil 10 oktyabrda Iroqning Karbalo shahri yaqinidagi sahroda o‘ldirilgan Husayn ibn Ali roziyallohu anhumo Muhammad alayhissalomning qizi Fotima tomondan kenja nevarasi sanaladi. U qatl etilgan kun – “Ashuro”dan motam tutishni boshlagan shia oqimidagilar roppa-rosa qirq kun o‘tib bu marosimni yakunlaydi. Mana shu yakun “Arbain” deb ataladi. Pokistonning Lahor shahri. 2019 yil 20 oktyabr, yakshanba.

Hongkongda haligacha davom etayotgan namoyishlar vaqtida namoyishchilar politsyaichilar otayotgan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tutunli shashkalardan himoyalanyapti. Iyun oyidan beri ko‘chalarni to‘ldirgan norozilik harakati a’zolari to‘liq demokratiya va noqonuniy amallarga qo‘l urgan politsiyachilarni jazolashni talab qilyapti. 2019 yil 20 oktyabr, yakshanba.

Yaponiya valiahd shahzodasi Akishino (o‘ng tomonda) va bo‘lajak malikasi Kiko (o‘ngdan ikkinchi) Tokiodagi “Kashikodokoro” imperiya qasridagi taxtga o‘tirish marosimiga kirib kelmoqda. Yaponiyada o‘tgan hafta yangi imperator – Naruhito taxtga o‘tirdi. U 1 may kuni yoshi o‘tib qolgani uchun imperatorlikdan voz kechgan otasi Akihito o‘rniga Yaponiyaning 126-imperatori bo‘ldi. 2019 yil 22 oktyabr, seshanba.

AQSh prezidenti Donald Tramp avtopoygachi va kashfiyotchi Rojer Penskeni Prezident Ozodlik medali bilan taqdirlash marosimidan oldin Oq Uyning Oval ofisida. 2019 yil 24 oktyabr, payshanba.

AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod, o‘tgan safargi saylovoldi tadbirlarda yorqin nutqlari bilan esda qolgan, biroq oxir-oqibatda partiya ichki saylovlarida Hillari Klintonga raqobatni boy bergan senator Berni Sanders Nyu-Yorkda o‘zini qo‘llab-quvvatlovchilar bilan uchrashuvda. 2019 yil 19 oktyabr, shanba.

Tumanli Albion – Angliyaning Dorset grafligidagi Korf qo‘rg‘oni uzra bulutlar orasidan quyosh chiqmoqda. 2019 yil 22 oktyabr, seshanba.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан