Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta voqealari AP nigohida (foto)
15.10.2019 17:37,  
421

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan AP – Associated Press xalqaro agentligi o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Turkiyadagi Akchakale shahri Suriya hududidan minomyotda o‘qqa tutilganda aholi pana joylarga qochmoqda. O‘tgan hafta chorshanba kuni Turkiya qo‘shinlari Suriya chegarasini kesib o‘tib, uning shimolidagi kurd harbiylariga qarshi hujum boshladi. Natijada Suriya shimolida 160 000 kishilik qochqinlar oqimi paydo bo‘ldi. Bunga javoban Turkiya jaunibadiga ba’zi aholi manzilgohlari ham kurdlarning artilleriya hujumiga uchradi. Akchakale shahrini chegaraning janubidagi Suryaining Tal-Abyad shahridan atigi 1 kmlik masofa ajratib turadi. 2019 yil 10 oktyabr, payshanba.

Konservativ yahudiylardan bo‘lgan yosh bola Isroilning Bney-Brak shahrida o‘tayotgan Kaparot diniy marosimida tovuqni ushlab turibdi. Dindor yahudiylar ushbu marosim natijasida kishining o‘tgan yilda qilgan gunohlari tovuqqa o‘tadi, deb e’tiqod qiladi. Bu marosim bir kundan keyin nishonlanadigan yahudiylarning eng muqaddas bayrami Yom Kippur – Poklanish kuniga tayyorgarlik bo‘ladi. 2019 yil 7 oktyabr, dushanba.

Armando Espinoza Kaliforniyaning Sonoma shahri chetidagi kafelardan biriga atrof zulmatga cho‘kkan bir pallada qog‘oz mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Pacific Gas & Electric kompaniyasi mintaqadagi issiq havo va quruq shamollar ta’sirida yong‘in kelib chiqmasligi uchun Shimoliy Kaliforniyada yarim million mijozni elektr energiyasidan uzib qo‘ydi. 2019 yil 9 oktyabr, chorshanba.

Hukumatga qarshi namoyishlar vaqtida iroqliklar Bag‘dod ko‘chalarini to‘sib qo‘yib, turli buyumlar va ba’zi binolarga o‘t qo‘ydi. Bag‘dod va mamlakat janubidagi shaharlarni qamrab olgan g‘alayonlarda asosan yoshlar qatnashib, korrupsiya va ishsizlikka qarshi talablar bilan boshlangandi. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi o‘q otishi natijasida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Oxir-oqibatda hukumat namoyishchilarga yon berdi. 2019 yil 5 oktyabr, shanba.

Ekvador prezidenti Lenin Morano va uning iqtisodiy siyosatiga qarshi poytaxt Kitoda bo‘layotgan namoyishlarda politsiya zirhli texnika panasida odamlarni tarqatishga urinyapti. Hukumat subsidiyani bekor qilganidan keyin yoqilg‘i narxlarining osmonga sapchishi manzarasida o‘tgan hafta butun mamlakatni namoyishlar, talonchilik, buzg‘unchilik, xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar, muhim avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘yish, neft sanoatiga tegishli yirik korxonalar ishiga to‘sqinlik qilish avj oldi. 2019 yil 9 oktyabr, chorshanba.

"Xagibis" to‘foni tufayli qo‘zg‘algan ulkan to‘lqinlar Miya prefekturasi, Kiho shahri bandargohidagi to‘siqdan oshib o‘tib, baliqchi kemalar ustiga yopirilmoqda. Bu to‘fon tufayli hozirgacha Yaponiyada 60 dan ortiq inson halok bo‘ldi. 2019 yil 11 oktyabr, juma.

Ekvador poytaxti Kitoda namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasidagi to‘qnashuv. 2019 yil 9 oktyabr, chorshanba.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан