Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta voqealari: Bayrutda namoyish, Breksit mashmashasi, Suriya shimoli notinch
22.10.2019 18:21,  
194

O‘tgan hafta dunyoning turli nuqtalaridagi namoyishlar, Turkiyaning Suriya hududidagi yurishi davom etishi, Breksit masalasida hamon to‘xtamayotgan muzokaralar, Barselonada ikki yil oldingidek keng miqyosdagi norozilik harakatlari bilan esda qoldi. Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan AP – Associated Press xalqaro agentligi o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

Chapdan o‘ngga AQSh Demokratik partiyasining prezidentlikka ehtimoliy nomzodlari: Kongress deputati Tulsi Gabbard, biznesmen Tom Steyer, senator Kori Buker, senator Kamala Harris, senator Berni Sanders, sobiq vitse-prezident Jo Bayden, senator Elizabet Uorren, Janubiy Bend shahri meri Pit Butijij, tadbirkor Endryu Yang, Texasdan saylangan sobiq deputat Beto O Rurk, senator Emi Klobuchar va sobiq Uy-joy va shahar taraqqiyoti vaziri Julian Kastro CNN telekanali va The New York Times gazetalari birgalikda Otterbeyn Universitetida o‘tkazgan Demokratik partiya nomzodlari debatida. 2019 yil 15 oktyabr, seshanba.

Kataloniya mustaqilligi uchun ikki yil oldin referendum tashkillashtirgan siyosiy yetakchilar o‘tgan hafta qamoqqa hukm qilinishi ortidan Barselonada namoyishlar boshlanib ketdi. O‘n minglab odamlar shahar markazini to‘ldirdi, politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. 2019 yil 18 oktyabr, juma.

Yevropa Ittifoqining Breksit bo‘yicha bosh muzokarachisi Mishel Barniyer YeI qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Yevropa Ittifoqi rasmiylari Breksit bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan o‘zaro kelishuvga kelingani, bunga ko‘ra 31 oktyabrdan Britaniya ittifoqdan chiqib ketishini e’lon qilgan edi. Ammo Qirollik parlamenti bosh vazir Boris Jonson uzoq muzokara o‘tkazib tuzgan shartnomani ratifikatsiya qilmadi. Oqibatda bosh vazir 19 oktyabr kuni Breksitni 2020 yil 31 yanvarga qadar kechiktirishni so‘rab Bryusselga xat yozishga majbur bo‘ldi. Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Irlandiyaning shimoliy chegarasi va Shimoliy Irlandiya maqomi bo‘yicha o‘zaro bahslar bor. 2019 yil 17 oktyabr, payshanba.

Turk harbiylari Suriya shimolida o‘tkazayotgan jangovar amaliyot tufayli yaqinlari bilan o‘z yashash joyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan suriyalik qizaloq Iroqning Mosul viloyati shimolidagi Bardarash lageriga olib ketadigan avtobusni kutmoqda. Ushbu lager IShID Mosulni bosib olgan vaqtda u yerdan qochib chiqqanlar uchun boshpana bo‘lgan va ikki yil oldin yopilgan edi. BMTga ko‘ra Turkiyaning harbiy amaliyotlari tufayli Suriya shimolidagi o‘z yashash joylarini tark etganlar soni taxminan 160 000 kishiga yetgan. 2019 yil 16 oktyabr, chorshanba.

AQSh Kongressi Vakillar palatasining Nazorat va Islohot qo‘mitasi (United States House Committee on Oversight and Reform) rahbari Eliyah Kummings vafoti munosabati bilan u o‘tiradigan kursi qora sharf bilan o‘raldi. Vashington. 2019 yil 17 oktyabr, payshanba.

Livanda WhatsApp’dan foydalanganlik uchun soliq o‘rnatilishi natijasida boshlangan norozilik harakatlari aksilhukumat namoyishlarga aylanib ketdi. Hukumatning bu qarori abgor iqtisodni soliqlar vositasida o‘nglash, tashqi qarzlarni to‘lash maqsadida qabul qilingan edi. 2019 yil 18 oktyabr, juma.

Hongkongda davom etayotgan aksilhukumat namoyishlar qatnashchisi yuzini qog‘ozdan bo‘lgan niqob bilan yopib olgan. Hukumat bir necha hafta oldin namoyishchilarga niqob taqishni taqiqladi. Ammo norozilik harakatidagilar bu taqiqlarga qarshi yangi-yangi usullarni o‘ylab topmoqda, ular Hongkongda oldingidek demokratik tartib saqlanib qolishi va Xitoy ta’siriga tushmaslikni istaydi. 2019 yil 18 oktyabr, juma.

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizabet II karetada Parlamentning rasmiy ochilish sessiyasiga ketyapti. Bu ramziy marosim har yili oktyabr yoki noyabr oyida mamlakatning rasmiy hukmdori, ya’ni, qirol yoki qirolicha tomonidan o‘tkaziladi. 2019 yil 14 oktyabr, dushanba.

16 kunlik bo‘lgan to‘lin oy Quyi Manhettendagi Jahon Savdo Markazi binosi ortidan ko‘tarilyapti. Nyu-York. 2019 yil 15 oktyabr, seshanba.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан