Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi
1.11.2021 15:53,  
37

1 noyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +15...+17 darajagacha isib, qulay ob-havo haftaning o‘rtasigacha davom etadi, deb xabar berdi  O‘zgidromet. 

Payshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgaradi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni havo harorati +3...+8 darajagacha pasayadi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Juma, 5 noyabr kuni sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik faqat ayrim tog‘li hududlarda saqlanib turadi. 

Havo harorati kechasi +3...+5 daraja, shimolda +7...+10 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat +3...+8 daraja iliqdan oshmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан