Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haj safariga bormaydigan davlatlar soni 10 taga yaqinlashdi
18.06.2020 10:18,  
932

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi haj mavsumi yuzasidan Saudiya Arabistoni shu kunga qadar yakuniy qarorni e’lon qilmadi. Xabarlarga ko‘ra, ayni paytlarda vaziyat baholanayotgani va yakuniy qaror yaqinda qabul qilinishi kutilmoqda.

Biroq, 10 nafarga yaqin davlatlar Saudiya Arabistonidan keladigan xabarni kutib o‘tirmay, o‘z fuqarolari uchun bu yilgi haj safarini bekor qildi. Shulardan biri – eng yirik musulmon aholiga ega bo‘lgan Indoneziya bo‘lsa, qolganlari Malayziya, Senegal, Nigeriya va Singapur, Hindiston hamda Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning ba’zi mamlakatlari o‘z ziyoratchilarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida «Haj–2020» mavsumini tashkil qilmaslik haqida qaror qabul qildilar.

Hukumatlar bunday qarorga kelishlarining asosiy omillari sifatida davlatlar o‘z fuqarolari sog‘lig‘i uchun mas’ul ekani, bugungi murakkab sharoitda ularning sog‘lig‘ini saqlash juda mushkulligi hamda hajga boradiganlarning aksari keksalar bo‘lgani bois ular kasallikka chalinish ehtimoli juda yuqoriligi bilan izohlaganlar.

Ta’kidlash lozimki, Saudiya Arabistonida ayni vaqtdagi epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda, shu jumladan koronavirusga chalingan bemorlar sonining ortib borayotgani, har kuni o‘rtacha 3800-4500 nafar kishida koronavirus aniqlanayotgani va 40-45 ta o‘lim holati qayd etilayotgani haj safarini tashkil etish masalasida har bir davlatni chuqur o‘ylantirib qo‘ymoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан