«HalalTrip» O‘zbekistonda musulmon-sayohatchilarga yaratilayotgan qulayliklarni e’tirof etdi

«HalalTrip» O‘zbekistonda musulmon-sayohatchilarga yaratilayotgan qulayliklarni e’tirof etdi

Jahonning eng yirik halol turizm internet portali - "HalalTrip" O‘zbekistonda musulmon-sayohatchilar uchun yaratilayotgan qulayliklarni alohida e’tirof etib, COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tashrif etiladigan mamlakat sifatida tavsiya etdi.

Maqolada O‘zbekiston turizm sohasiga alohida e’tibor qaratayotgani va prezident Mirziyoyev tomonidan asos solingan «ziyorat turizmi» yangi turizm yo‘nalishi ekanligi e’tirof etilgan.

Shuningdek, musulmon-sayohatchilarga yaratilayotgan qulayliklar ichida xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, shuningdek, yaqindagina savdo maskanlarida ochilgan ibodat sharoitlari maqtalgan.

"HalalTrip" portali O‘zbekistonni COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tashrif etiladigan mamlakat sifatida tavsiya etmoqda.

Ma’lumot uchun: HalalTrip halol turizm internet portali CrescentRating xalqaro tashkilotining loyihasi bo‘lib, unda halol turizm yangiliklari va halol destinatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni berib boradi.

CrescentRating, Mastercard tashkiloti bilan birga har yili «Jahon musulmon sayohati indeksi» (Global Muslim Travel Index) reytingini tuzib boradi. 2019 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda o‘n pog‘ona ko‘tarilib, 140 mamlakat orasida 22-o‘rinni egalladi.

«Jahon musulmon sayohati indeksi» turizm destinatsiyalarining musulmon-sayohatchilari uchun jozibadorligi va qulayligini baholab keladi.

O‘zbekistonda musulmon-sayohatchilar uchun yaratilgan har bir qulaylik, mamlakatning «Jahon musulmon sayohati indeksi»ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.