Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haliyam «armani qatliomi»ga ishonasizmi?
21.12.2020 21:13,  
1804

Armaniston SSR aslida 1830 yili O‘rusiya qo‘lostiga o‘tgan qadimiy Yerevan xonligi o‘rnida tashkil topgani haqida yozgandim. Ungacha xonlikda asosan ozarbayjonlar yashagan, armanilar esa aholining juda kamchiligini tashkil qilgandi.

O‘tgan yuz yil ichida armanilar ozariylarni tug‘ilib o‘sgan tuproqlaridan muntazam ravishda siqib chiqarish siyosatini olib borishgan. 1947 yili sovet hukumati tasdiqlagan reja asosida yana 50 ming ozariy qo‘shni Ozarbayjonga majburiy ko‘chirilgan. Ularning o‘rniga Livan, Suriya, Iroq, Turkiya va boshqa o‘ndan ortiq davlatdan armanilar ko‘chirib keltirilgan.

Bundan ikki yuz yil oldin aholisining 80 foizi ozarbayjon turklari va musulmonlardan iborat bo‘lgan Yerevan shahri hozirgi kunda faqat armanilar yashaydigan fashist boshkentga aylangan.

Armanistondagi nomi ozarbayjoncha bo‘lgan 640 qishloqdan 638 tasining nomi armanichaga o‘zgartirilib, ozariylar tarixi yo‘q qilingan. 1928 yildagi Armaniston SSR xaritasiga boqsangiz, bunga yaqqol ishonch hosil qilasiz. Misol uchun Yerevan shahri tevaragidagi ayrim aholi punktlari otlarini keltiraman: Ulug‘xonli, Jafar, Qamarli, O‘va (Vodiy), Boshkent, Buyuk Vodiy. Bizga jo‘g‘rofiya darslarida «Sevan» deb o‘qitilgan ko‘l nomi esa «Go‘kche Go‘lu» – Ko‘kcha ko‘li.

Armanilar 90 yillar boshlarida bosib olingan Ozarbayjonga tegishli yetti tuman va Tog‘li Qorabog‘dagi shahar hamda qishloqlarni talagani yetmagandek, nomlarini ham o‘zgartirgan.

Tog‘li Qorabog‘ uchun qirq to‘rt kunlik ozodlik urushiga kirgan Ozarbayjonga yengilgan armanilar endi urush kunlari hukumat o‘z xalqi va dunyo hamjamiyatiga yolg‘on-yashiq xabarlar tarqatganini ochiq gapiryapti. Buni mamlakat ichidagi muxolifchi kuchlar ham, harbiylar ham, oddiy xalq ham tan olyapti.

Shu kunlarda Armaniston va Ozarbayjon orasidagi davlat chegarasi sovet davri so‘nggi xaritalari asosida demarkatsiya qilinyapti. Qizig‘i shundaki, armanilar bunga ham e’tiroz bildirishyapti. Nima emish, agar chegaralar bu usulda belgilansa, ayrim armani shahar va qishloqlari «dushmanlarga o‘tib qoladigan strategik tepaliklar»ning shundoqqina tagida qolib ketar, bu esa xavfsizlikka salbiy ta’sir qilar, shuning uchun bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmas emish! Bunday safsatalar yuksak darajadagi davlat boshqaruvchilari og‘zidan chiqayotgani armanilar qanchalik o‘zlaridan ketib, xobbonilashganini ko‘rsatadi.

Tarixni soxtalashtirishga usta bo‘lib ketgan Armaniston boshini hozirgi kunda yana bitta muammo og‘rityapti. Qanday muammomi? Yolg‘onchi armanilar «endi 1915 yilda turklar bir yarim million armanini qatliom qilgan degan yolg‘onimizga boshqalarni ishontirishimiz qiyinlashadi» deb, tashvishga tushib qolishgan.

Holbuki, 1905-06 yillarda Usmoniylar imperiyasida o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida armanilar soni bir million ikkiyuz ming kishi deb ko‘rsatilgan. Agar bir yarim million armani o‘lgan bo‘lsa unda hozirgi Iroq, Suriya va Livanga surgun qilinganlarni qo‘yaturing, O‘rusiya va boshqa g‘arb davlatlariga qochib ketib, hozirgacha dunyoning turli davlatlarida yashayotgan o‘n million armani oydan tushganmi?!

Turkiya prezidenti «armani qatliomi» masalasiga chek qo‘yish uchun bundan o‘n besh yillar oldin mantiqli yechim yo‘lini taklif qilgan. Janob Rajab Erdo‘g‘an armani iddaolari bilan bog‘liq davlat arxivlarida «sirli» tamg‘asi ostida saqlanayotgan hamma hujjatlarni ochib, ularni o‘rganish uchun ikki davlat tarixchi olimlarini chaqirgan. Prezident Armanistondan ham o‘z arxivlarini ochishni so‘rab, olimlar hujjatlarni o‘rganib chiqib, qanday xulosa bersa, shundayligicha qabul qilishini bildirgan. Lekin yolg‘onlari butun dunyoga fosh bo‘lishidan qo‘rqqan armanilar bu taklifni rad qilishyapti.

Shunga o‘xshash yolg‘on tarqatish armanilarga ota meros, shekilli. Bundan yuz yil oldin bo‘lgan voqealarni bir chetga qo‘ya turing – yaqin tarix haqida gaplashaylik. Shu yil urush davom etayotgan oktyabr oyida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan BBC televideniyesiga bergan suhbatida Tog‘li Qorabog‘ armanilarning azaliy vatani ekanligini iddao qilib, Sovet davrida ham armanilar aholining 95 foizini tashkil etgani haqidagi yolg‘onni ko‘zlarini lo‘q qilib, og‘zining bir chetidan chiqarib yubordi. Holbuki, 1979 va 1989 yillarda sobiq Sovetlar Birligida o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida Tog‘li Qorabog‘dagi ozarbayjonlar nisbati 22-23% atrofida edi.

Pashinyanning BBCda aytgan gaplarini eshitib, bir latifa esimga tushdi. Yosh boladan o‘qituvchisi «qo‘lingda ikkita olma bor, bittasini o‘rtog‘ingga bersang, o‘zingda nechta qoladi?» deb so‘rasa «ikkita» deb javob beribdi. «Nega?» desa «chunki, bermayman» degan ekan.

Sovet davrida o‘qitilgan soxta tarixga ishonib, o‘zining kelib chiqishi turkiy ekanini bilmay, «bechora armanilarni  zolim turklar qatliom qilgan» degan kallavaramlarga bir dars bo‘lishi uchun yozyapman. Zora, eslari kirib qolsa.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан