Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha 14-o‘rindasizlar, qanday qilib kabinetga kiryapsizlar?» – Prezident Surxondaryoda mutasaddilarga e’tiroz bildirdi
2.06.2021 14:47,  
174

Yaqin 2-3 yilda Surxondaryo viloyatida 1,5 million aholining ichimlik suv muammolarini to‘liq hal qilish maqsadida “To‘palang” suv omboridan 400 kilometr magistral tarmoqlar quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda ’Kun.uz’.

“Surxondaryo aholisini eng ko‘p qiynayotgan muammolardan biri - suv yetishmovchiligi. Buning yechimi to‘g‘risida ko‘p o‘yladim. Yaqin 2-3 yilda viloyatda 1,5 million aholining ichimlik suv muammolarini to‘liq hal qilish maqsadida “To‘palang” suv omboridan 400 kilometr magistral tarmoqlar qurish rejasini qilamiz. Buning uchun Xalqaro moliya institutlaridan 150 million dollar jalb qilish bo‘yicha loyiha taklifi kiritilsin.  

Viloyatda ijtimoiy, kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga 2021 yil uchun qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Shundan, 80 milliard so‘mi Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Men kecha tashrif buyurgan Sherobod tumanining Kattabog‘ mahallasida yashaydigan 5 ming nafar aholi ham toza ichimlik suv bilan to‘liq ta’minlanadi. Bu mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarga madaniy hordiq uchun sharoit yaratish maqsadida, zamonaviy mahalla markazi 1 oktyabrgacha barpo etiladi. Shuningdek, 200 o‘rinli bog‘cha, 180 ish o‘rinli tikuvchilik loyihasi, 50 gektar issiqxona va 150 gektar anorzor ham tashkil etiladi. Umuman, yaqin 1,5 yil ichida bu yerda 1 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari boshqa mahallalarda ham amalga oshiriladi.
 
Afsuski, Surxondaryo ko‘rsatayotgan natijalari meni qoniqtirmaydi. Men ham tuman hokimi, viloyat hokimi bo‘lganman. Bunday imkoniyatlar bo‘lmagan, pul ajratilmagan. Axir hozir barcha sharoitlar yaratilyapti-ku. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha 14-o‘rindasizlar, qanday qilib kabinetga kiryapsizlar?”, dedi prezident viloyat rahbarlariga qarata.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан