Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Haqiqatparvarga 7 tavsiya
16.10.2019 18:16,  
1204

1. Boshingizga biron ish tushganda «haqiqatni aytganim uchun tazyiq qilyaptilar», demang. «Qarashlarim, fikrim, e’tiqodim, tadqiqotim uchun, kasbiy, vatandoshlik burchimni ado etganim yoki faktlarni yoritganim uchun» deng. Chunki yakuniy xaqiqatning egasi siz emassiz. Haqiqatning egasi inson bo‘lsa, u haqiqat emas.

2. O‘zgalarning ham fikri, e’tiqodi va ular fakt deb hisoblagan asoslari bor. Ularni eshitishni va tushunishni o‘rganing. Tushunish qabul qilish degani emas. Lekin tushunmay hech narsani qabul qilmang. Bahsda birovning argumentini tushunib, uning asos-dalillarida zaiflikni ko‘rsata bilgan g‘olib buladi. Eng baqirog‘i emas.

3. Ehtiroslarning buzg‘unchi kuchi bor. Uning yaratuvchanlik xususiyati ham bor. Ehtiros qamrab olganda, uni nimaga yo‘naltirish sizning qo‘lingizda. Oxir oqibatni o‘ylash to‘g‘ri qarorni belgilaydi.

4. «Haqiqatgo‘ylik» birovlarning haqini, nomusini toptash uchun ruxsat emas.

5. Har qanday mafkura faktlar oldida bo‘yin egishi lozim. Mafkurangizga mos faktlarni tanlab, to‘g‘ri kelmaganini tashlab yuborish g‘irromlikdir. Faktlar noyob, qimmatbahodir. Tekshirilgan narsani fakt deb atash mumkin. Yaxshi tekshirilmagan ma’lumot asosida fikr yuritadigan bo‘lsangiz, buni o‘zingiz va boshqalar oldida tan oling: taxmin, fikr, mulohaza, gipoteza shakllari samimiy muloqotga yo‘l ochadi.

6. Haqiqat haqida savol berish, uni gumon ostiga olib tadqiq etishdan hech kim to‘silmagan. Hatto farishtalar Allohdan nima uchun Odamni yerga xalifa qilinishi haqida so‘radilar.

7. Haqiqatparvarni halok qiluvchi narsa kibrdir. Iblis kibrga mubtalo bo‘lgan «haqiqatgo‘y» edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан