Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Har bir hududda Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi
24.06.2020 15:23,  
122

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Firdavs Ne’matzoda ma’lum qildi.

Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

- hududlarda vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;

- hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;

- yoshlarning «startap» loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;

- hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;

- iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish;

- iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda vazirlik tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан