Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Har bir tumanda kamida bitta futbol jamoasi va markaziy stadion bo‘ladi
26.05.2020 11:03,  
313

Avval xabar qilganimizdek, “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (311-son, 22.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududiy futbol assotsiatsiyalariga yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish, futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish kabi vazifalar tavsiya etildi.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonda futbol agentlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

Shuningdek, “Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritiladi.

Tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan, har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o‘tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo‘lishi ta’minlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан