Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Har yili kuz oylarida velosport musobaqalari o‘tkaziladi
27.08.2020 14:48,  
51

26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi o‘rtasida Memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi, O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi raisi T.Narbayeva ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining «O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyot mexanizmini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashish loyihasi» doirasida Federatsiya Rossiya, Daniya, Germaniya davlatlarida bo‘lib, zamonaviy velosiped sporti infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishdi. Shu bilan birga, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini kengaytirish, viloyatlarda velosportni ommalashtirish maqsadida Respublika bo‘ylab velomarafonlar o‘tqazildi.

Federatsiya va YeXHT bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda, yurtimizda maxsus veloyo‘laklar tashkil etish ham belgilangan bo‘lib, mazkur veloyo‘laklarni yangi qurilayotgan zamonaviy yashash joylari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, sport maydonchalarida tashkil etilishi velosiped sporti bilan shug‘ullanuvchilarga qulay shart-sharoit yaratilishiga erishiladi.

Velosiped sport turini rivojlantirish aholi o‘rtasida qandli diabet, yurak qon-tomir, infarkt, insult kabi kasalliklarning oldini olishda samarali hisoblanadi. 

Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyalari o‘rtasida mamlakatimizda mazkur sportni yanada ommalashtirish, har yili sentyabr-oktyabr oylarida “Youth tour” musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан