Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Harbiy havo kuchlari reytingi: rasman qurolli kuchlar tuzishdan bosh tortgan Yaponiya kuchlilar orasida
7.09.2019 18:55,  
1164

National Interest jurnali dunyodagi eng kuchli to‘rtta havo kuchlaridan iborat reytingni taqdim etdi. AQSh hali ham samolyotlari soni bo‘yicha raqiblaridan bir necha bor ustun. Qizig‘i, tajribali uchuvchilari bo‘lgan Isroil unga kiritilmadi. 

Birinchi o‘rin — AQSh. AQSh harbiy havo kuchlarida F-22, F-35, F-15, F-16 turdagi samolyotlar, B-2, B-21 turdagi qiruvchilarbo‘lgan 5600 samolyot bor. 312 ming odam bu sohada band ekanligiga qaramay, Pentagon kadr yetishmasligidan noliydi. AQShda dengiz aviatsiyasi «Super Xornet» ham bor.

Ikkinchi o‘rin — Rossiya Federatsiyasi. Rossiya armiyasida 1500dan ortiq samolyotlar hamda 400 dan ziyod vertolyotlar bor. Harbiy havo kuchlari tarkibida yangi Su-57 qiruvchisi hamda «Kuznetsov» dengiz aviatsiyasi ham mavjud. Biroq Rossiya mudofaa doktrinasida katta miqdordagi «Kuznetsov»larni saqlash ko‘zda tutilmagan. Moskva ko‘proq suv osti kemalari hamda raketali korabllarga ishonadi.

Uchinchi o‘rin — Xitoy. Xitoyda 1321 jangovar samolyotlar, 134 og‘ir bombardimonchi, 700 jangovar vertolyot mavjud. Faqatgina 502 qiruvchi samolyot 80 yillarda ishlab chiqilgan Su-27ning nusxalari, qolganlari esa eskirgan mexanizmlar bo‘lib, osmonda jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Pekin yashirin bombardimonchilarni faol rivojlantirmoqda.

To‘rtinchi o‘rin — Yaponiya. Hozir Tokio ixtiyorida 300 dan ortiq qiruvchi samolyotlar, shu jumladan eng ilg‘or F-35 samolyotlari mavjud. Uchuvchilar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan, ular amerikalik hamkasblari bilan muntazam ravishda parvoz qilishadi va o‘quv janglarida qatnashadilar. Qizig‘i shundaki, yaponiyaliklar F-22 samolyotini sotib olishni xohlashdi va Kongressning «Reptor» ning chet elda sotilishini taqiqlaganidan juda xafa bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан