Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi ijobiy hal etildi
26.10.2020 11:32,  
115

Joriy yilda harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mas’ul vakolatli organlar tomonidan dastlabki tekshirish natijalariga ko‘ra, 1828 nafar abituriyentning harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi tasdiqlanmagan edi.

Mas’ul vakolatli organlar hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan qayta tekshirish natijalariga ko‘ra, 1828 nafar abituriyentdan 1516 nafari harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega ekanligi, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilganligi, 85 nafari harbiy xizmatni o‘tamaganligi va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi, lekin harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega emasligi aniqlandi.

Davlat test markazi axborot xizmatiga ko‘ra, markaz tomonidan tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari asosida tanlov natijalari (har bir ta’lim shakli va oliy ta’lim muassasasi kesimida) hisoblanganda 1516 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to‘lov-kontraktga o‘tish ballariga teng yoki undan yuqori (ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 1-oliy ta’lim muassasasida imtiyoz doirasida o‘tish baliga nisbatan) ball to‘plaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda abituriyentlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan mazkur abituriyentlarning 128 nafari davlat granti asosida, 478 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Hozirda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etilmoqda.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘z natijalarini shaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz) orqali ko‘rishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан