Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Harbiylar “Kattaqo‘rg‘on” poligonida zirhteshar o‘qli qurolni sinovdan o‘tkazdi (foto)
8.05.2020 10:21,  
575

7 may kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon — Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli ichiga o‘rnatilgan 14.2 mm.li qurol sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 mm.li snaryad otiladi. Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan bu gal tungi va kunduzgi mashg‘ulotlarda 14.2 mm.li qurol ham sinab ko‘rildi. Ketma ketlikda otilgan yonuvchi va zirhteshar o‘qlar nishonlarga to‘liq talofat yetkazdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Ushbu quroldan artilleriyachilar bo‘linmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar uchun foydalanish ko‘zda tutilgan. Yangi qurolda qisqa muddatda malaka oshirgan yosh artilleriyachilar 122 mm.li quroldan otishga qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан