Hasanboy Do‘stmatov navbatdagi jangini yakunladi

Hasanboy Do‘stmatov navbatdagi jangini yakunladi

Avval xabar berganimizdek, Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etilgan boks kechasida hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘z jangini yakunladi va u professional boksdagi ikkinchi jangida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan va hozirda Rossiya nomidan o‘z jangini o‘tkazgan Odiljon Sotqinovni birinchi raundning o‘zida texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Odiljon 2017 yil muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan edi.