Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hasanboy prof boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
24.12.2020 09:53,  
683

Bugun Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Oqshom doirasida Rio Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tariladi. Hasanboyning prof ringdagi ikkinchi raqibi rossiyalik Pavel Gunchenko bo‘ladi. Kecha har ikki bokschi ham tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi va belgilangan vazn me’yorini bajarishdi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘smatov 2019 yilning noyabr oyida Meksikada o‘z debyutini nishonlagan va o‘shanda meksikalik Xesus Villanuevani ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Gunchenko ham 2019 yilda professional boksda debyut qilgan va raqibini 4 raundlik jangda ochkolar evaziga mag‘lub etgan edi.

Gunchenko havaskor boksda Shahobiddin Zoirovga mag‘lub bo‘lgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан