Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hatto muzlik davrida ham tish shifokoriga ish topilgan
9.11.2019 16:19,  
381

Odamlarning tishlari hamma zamonlarda ham og‘rigan. Garchi u paytlarda sigaret chekish, shirinliklar yeyish yoki “shirin” suvlar ko‘p bo‘lmasa-da, hatto muzlik davrida ham tish shifokorlari bo‘lgan. Har holda, arxeologlarning oxirgi topilmalari shundan darak bermoqda.

Italiyadagi qazishma ishlari davomida bir vaqtning o‘zida ikki joydan bitum bilan plombalangan tish topilgan. Topilmalar og‘izning yuqori qismidagi tishlar bo‘lib, ular bemorning umri mobaynida davolab borilgan.

Tadqiqot rahbari Stefano Benazzining so‘zlariga ko‘ra, qadimgi stomatologlar qanday asboblardan foydalangani hozircha noma’lum, ammo ular tishlarini mohirona davolagan. Keyin, dorivor o‘simliklar bilan aralashtirilgan mum tishga qo‘yiladi va shundan keyingina tish bitum bilan to‘ldirildi.

Zamonaviy tish shifokorlari ham, ushbu amaliyot antiseptik va og‘riq qoldiruvchi xarakterda ekanligini aytishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан