Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Havo harorati keskin sovishi oqibatida metan zapravkalarda cheklovlar joriy etiladi
17.11.2021 22:18,  
125

O‘zbekistondagi avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalari ishlash vaqtiga cheklovlar joriy etilmoqda. Energetika vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, kunning kechki va tungi vaqtlarida shoxobchalar faoliyati cheklanadi.

Xabarda cheklov oralig‘iga oydinlik kiritilmagan. Vazirlik axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, har bir viloyat o‘z hududida zapravkalar ishlash vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi.

“Bundan maqsad birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Hurmatli iste’molchilar, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tadi”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан