Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Havodagi koronavirusni aniqlaydigan sensor ishlab chiqildi
2.01.2021 15:41,  
89

Italiyada havodagi SARS-CoV-2 virusi miqdorini aniqlaydigan va xabar beradigan biosensor ishlab chiqildi. Bu haqida Valensiya universitetlari assosiasiyasi saytida xabar qilindi.

"Sensor havodagi SARS-CoV-2 zarralarini aniqlaydigan maxsus antitanalardan foydalanadi", - dedi molekulyar aniqlash va texnologik rivojlanish institutining kimyo kafedrasi professori Anxel Makeyra.

Tizim havodagi virus miqdori xavfli darajada bo‘lganida signal beradi. Dastlabki sinovlar Valensiya universitetining biokimyo va molekulyar biologiya bo‘limida ishlab chiqilgan virussimon zarralardan foydalangan holda sinab ko‘rildi.  

Hozirda biosensor klinikada sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov natijalariga ko‘ra uning samaradorligi aniqlanadi va biosensor yordamida shifoxonalardagi bemor hamda shifokorlarning kasallikka chalinish ehtimolini kamaytirishga yordam beradigan choralar tizimi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан